"Yuventus" argentinalik forvard bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
17 may 2019, 14:40
"Yuventus" "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi bilan shartnoma borasida kelishib oldi.

Turinliklar hozircha Milan klubi bilan futbolchining transfer narxini kelisha olmayapti.

Agar transfer amalga oshsa, Ikardi "Yuventus" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Uning Turin klubidagi mavsumi maoshi 8 mln. evro bo'ladi. Oldinroq, "Yuventus" "Inter"ga argentinalik forvardni Duglas Kostaga almashtirmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

Vanda Nara: "Transfer oynasining birinchi kunida telefonimni o'chirib qo'yaman"
Ikardining agenti: "Spaletti klubda 100 yil qolsa, unda Mauro 150 yil qoladi"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport