"Yuventus" Aleksis Sanches uchun "Arsenal"ga 30 mln. evro taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
3 mar 2017, 11:02
"Yuventus" "Arsenal" forvardi Aleksis Sanchesni xarid qilishga qiziqib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi vakillari transfer borasida "to'pchilar" bilan bog'langan va chililik uchun 30 mln. evro taklif qilmoqda.

"Arsenal" bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakunlanadigan 28 yoshli hujumchiga PSJ ham da'vogar.

Joriy mavsumda Sanches klub safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 16 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport