"Yuventus" A Seriyaning birinchi davrasida 53 ochko to'pladi

29 dek 2018, 22:45
Turinliklar chempionatning 19 turida "Sampdoriya"ni Ronalduning dubli evaziga mag'lub etib, birinchi davrada 53 ochko yig'ishga erishdi.

Bu turnirning yangi rekordi hisoblanadi. Oldingi rekorda ham "Yuventus"ga tegishli. "Keksa senora" o'rnatgan planka 52 ochko bo'lgan va bu natijalar 2005/06 va 2013/14 yilgi mavsumlarning birinchi davrasidan so'ng qayd etilgandi.

Ushbu mavsumda turinliklar faqatgina "Jenoa" (1:1) va "Atalanta" (2:2) bilan bo'lgan ikki uchrashuvda durrang natija ko'rsatib, ochko yo'qotishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia