"Yuventus" 2013/14 yilgi mavsumdan beri ilk bor YCHL pley-offiga chiqa olmadi

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2022, 07:50
"Yuventus" Chempionlar ligasining pley-offiga chiqa olmadi.

Massimiliano Allegri jamoasi 5-turda safarda "Benfika"ga 3:4 hisobida yutqazib qo'ydi.

"Yuve" 5-turdan so'ng 3 ochkoga ega. Jamoa pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotdi va endi Yevropa ligasi yo'llanmasi uchun kurashadi. 

Turinliklar 2013/14 yilgi mavsumdan buyon ilk marotaba pley-offga chiqa olmadilar. O'shanda jamoa Antonio Konte boshchiligida "Real", "Galatasaroy" va "Kopengagen" bor guruhda uchinchi o'rinni egallagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta