

Turinliklar Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida mehmonda "Benfika"ga imkoniyatni boy berishdi (3:4) va 1/8 finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldilar.
"Yuve" ishqibozlari o'yin tugashi arafasida ijtimoiy tarmoqlarda 55 yoshli italiyalikni keskin tanqid qilishdi. Ular Twitter'da #AllegriOut xeshtegini trendga olib chiqishdi.
Eslatib o'tamiz, muxlislar sentyabr oyida "Yuventus" o'z uyida "Benfika"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin (1:2) ham xuddi shunday qilishgandi.
Avvalroq, "Yuventus" Allegrini JCH-2022 oldidan ishdan bo'shatmasligi ma'lum bo'lgandi. Klub boshliqlari A Seriyadagi pauza vaqtida murabbiyning ishini qadrlashadi.



