Yurgen Klinsmann sobiq jinoyatchini tabrikladi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2015
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann "San-Paulu" himoyachisi Brenoni futbolga qaytgani bilan tabrikladi.

"Bavariya" sobiq futbolchisi sug'urta puliga ega bo'lish uchun o'z uyini yoqib yuborganidan so'ng, 2 yil 9 oy qamoq jazosini o'tadi. U o'tgan yilning dekabrida ozodlikka chiqib "San-Paulu"ga qaytdi. Shu kunlarda Breno Braziliya klubida "Korintians"ga qarshi bahsda zaxiradan o'yinga qo'shildi. Futbolchi 2008/09 mavsumda "Bavariya"da Klinsmann qo'l ostida to'p tepgan.

"Breno, tabriklayman! Seni yana maydonda, "San-Paulu" safida ko'rishdan xursandman" - deydi Klinsmann.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru