"Bir vaqtning o'zida "Atletiko"ni ham boshqaraman!" - Klopp "Real" haqidagi mish-mishlarga keskin javob berdi

Aslanov Jasurbek
23 mar 2026, 23:55
Yurgen Klopp o'zining "Real" Madrid boshqaruviga kelishi haqida tarqalgan xabarlarga o'ziga xos yumor bilan munosabat bildirdi.

Germaniyalik mutaxassis bu kabi gap-so'zlarni "ahmoqona mish-mish" deb atadi. "Yaxshisi, bu haqida gaplashib olaylik. Qachon xabar haqiqatga aylanadi? Birov qog'ozga nimadir yozsa sodir bo'ladimi yoki haqiqatda jarayon ketsa? Florentino Peres menga qo'ng'iroq qilib: "Yurgen, ishlaring qalay?" deyishi kerakmi? Bunday uydirmalar mening g'azabimni keltiradi", - dedi Klopp.

"Real" menga biror marta ham qo'ng'iroq qilmagan. Agar shunday bo'lsa, keling, bir yo'la "Atletiko"ni ham boshqara qolaman! Ideal holatda - ikkala jamoani bir vaqtda! Uzr, "Madrid", avval qo'ng'iroq qilishlaring kerak edi", - deya hazillashdi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, ayni damda Yurgen Klopp "Red Bull" tizimida faoliyat yuritmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal