Yulian Draksler: "Men yana top klublar e'tiborini qozonishim kerak"

8 avg 2014, 00:39
Germaniya terma jamoasi hamda "Shalke" klubi futbolchisi Yulian Draksler o'zini ko'rsatishi kerakligini aytib o'tdi.

Meni shartnomamda kerakli miqdordagi pulni to'lash evaziga sotib olish mumkin degan band mavjud. O'tgan mavsumda men o'zim istagandek o'ynay olmadim. Men yana top klublar e'tiborini qozonishim kerak. Yangi mavsumda o'nta gol urish qo'imdan keladi deb o'ylayman. Agarda biz bir jamoa bo'lib harakatlansak ko'zlagan maqsadimizga erishamiz. "Shalke" jamoasining bosh maqsadi kuchli uchlikka kirish hisoblanadi. Biz shuningdek "Borussiya D" va "Bavariya"ga qarshi bahs e'lon qilishga qodirmiz.


Manba: sports.ru