Yozda "Barselona"ni kamida 2 futbolchi tark etadi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yozgi transfer oynasida jamoaning bazi futbolchilari bilan xayrlashmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbari yozda "Ayaks"dan Kataloniya klubiga o'tadigan Frenki de Yong bilan telefon orqali suhbatda jamoani kamida 2 nafar futbolchi tark etishini ma'lum qilgan. 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 23 yanvar kuni "Barselona" "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki De Yongni xarid qilgani haqida e'lon qilgandi. Futbolchi yozda Kataloniya klubiga o'tadi. Shu bilan birga ko'k-anorranglilar Amsterdam klubi himoyachisi Mateys de Ligtni xarid qilishga yaqin turishibdi.

"Barselona" Koutinoni Grizmannga almashishga tayyor

Internetda "Barselona"ning yangi libosi paydo bo'ldi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Catalunya Ràdio