Yozda "Barselona"dan 4 futbolchining ketishi aniq

Mirjalol Normatov
22 may 2022, 15:15
"Barselona"ning bir qator futbolchilari yozda jamoadan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, yaqin vaqtlar ichida "Barselona" himoyachilar Samyuel Umtiti va Oskar Mingesa, shuningdek, Riki Puch va hujumchi Martin Breytueyt kabi futbolchilar bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda.

Bu vaqt ichida himoyachi Serji Roberto bilan shartnoma bir yilga uzaytiriladi. Bu boradagi rasmiy xabarlar yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano