Yovich yozda "Real"dan ketmoqchi

Alisher
17 iyun 2022, 15:20
"Real"ning serbiyalik hujumchisi Luka Yovich ushbu transfer oynasida Madrid jamoasini tark etmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 24 yoshli serbiyalik ortiq Madrid jamoasida o'ynamoqchi emas. Yovich yozda klubini o'zgartirishga tayyor.

Forvardning xizmatlariga "Fiorentina", "Monako", "Xetafe" va "Borussiya" (Dortmund) klublari qiziqish bildirmoqda.

Luka Yovich o'tgan mavsum "Real" tarkibida La Liga doirasidagi atigi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira