Namanganda yoshlar ligasi start oldi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2018, 18:45
11 aprel kuni Namangan viloyatida bolalar va o'smirlar sport maktablarining tarbiyalanuvchilari o'rtasida “Yoshlar ligasi” viloyat birinchiligi boshlandi.

Birinchilikda sport maktablarining 2001-2002 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalari g'oliblik uchun kurashga kirishishdi. Musobaqada 12 ta jamoa ikki davrali tizim asosida bahslashadi. Bugun start olgan yoshlar ligasi dastlabki davrasi 5 iyul kuni yakunlanadi.

Bugun bo'lib o'tgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi

Pop tumani – To'raqo'rg'on tumani -  4:3.
“Navbahor” – “15-DIMI” (2001) – 2:3.
“Zafar” (15-DIMI) – NOZK (2001) – 3:1.
Namangan tumani – NOZK (2002) – 1:3.
Uychi tumani – “Navbahor-Umid” – 2:0.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: НФА матбуот хизмати