Yoshlar ertaga Armanistonga ketishadi, tarkibdan hozircha darak yo'q

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2014, 11:45
1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ertaga Armaniston poytaxti Erevanga yo'l olishadi.
U yerda yoshlar terma jamoamiz Armaniston U-19 yoshlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O'yinlar 12 va 14 iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Ma'lumki, bu yoshdagi terma jamoani qishdan beri Sergey Lushan boshqarib kelayotgandi, biroq Sergey Ivanovich o'tgan hafta “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Natijada uning o'rniga jamoani Armanistonga Ilhom Mo'minjonov olib boradi. Xabaringiz bor, yoshlar terma jamoamiz shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Shu bois bu jamoaga e'tibor yuqori bo'lishi kerak. Ammo hozircha bunday emasligining guvohi bo'lib turibmiz. Oddiy misol, ertaga Armanistonga jo'nab ketadigan futbolchilar ro'yxati haliyam O'FF tomonidan e'lon qilingani yo'q.

X.Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif