"Yopiq o'yin"ni Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami boshqaradi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2017, 23:47
Avval xabar berganimizdek, 25 avgust kuni Toshkentda O'zbekiston va Qirg'iziston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, ushbu o'yinda Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov hakamlik qiladi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o'tkaziladi, yani stadionga muxlislar va jurnalistlar kiritilmaydi. 

Avvalroq, "Sport" telekanali mazkur o'rtoqlik o'yinini to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilishni rejalashtirgan edi. Lekin terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuvni yopiq eshiklar ortida o'tkazishni lozim deb topdi. 

 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia