Yong Jun Kim: "Raqiblar bizdan jismoniy jihatdan ustun edi, biz esa jamoaviylikda"

Mirjalol Normatov
2 mar 2023, 20:54
U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasida Ummon termasiga qarshi o'yindan keyin Janubiy Koreya termasi bosh murabbiyi Yong Jun Kim savollarga javob berdi.

- Jamoaning o'yiniga baho bering o'tsangiz?

- Bugun reja bo'yicha o'ynadik va muhim g'alabaga erishdik. Bundan juda hursandman. Keyingi uchrashuvlar haqida o'ylashni boshlaymiz va bugundan bor e'tiborimizni keyingi o'yinga qaratamiz.

- Raqib jamoa o'yinchilari, juda agressiv o'ynashgandek, shu savol bo'yicha izoh berib o'tsangiz?

- Ummon tarkibidagi kuchli texnikaga ega futbolchilarni etirof etib o'tishim kerak, ular jismoniy tomonlama ham bizdan kuchli edi. Raqibdan jamoaviy o'yin bo'yicha ancha ustun bo'ldik va 3 ochkoni qo'lga kiritdik, raqiblarning harakatlarini normal qabul qilaman, chunki bu futbol, qattiq kurash bo'lishini kutgan edik.

- Keyingi uchrashuvlarda Janubiy Koreya jamoasidan nimalarni kutsak bo'ladi?

- Navbatdagi bahslar juda muhim va biz bunda g'alaba qozonishimiz kerak. Qolgan ikkita bahsda ham eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz.

- Hakamlarning bugungi qarorlariga munosabatingiz qanday?

- Hakamlarning qaroini hurmat qilaman. Ular bugun namunali ishlashdi va xech qanday etirozim yoq.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia