Yaya Ture futbol agentiga aylandi

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019, 13:03
Kot-D'Ivuar terma jamoasi sobiq futbolchisi Yaya Ture futbol agentiga aylandi.

Ayni damda Ture Kievning "Dinamo" klubi sharafini himoya qilayotgan 19 yoshli Jozefga (Nigeriya) klub izlamoqda. Futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilmagan Yaya Ture Jozef transferini hal qilish uchun Kievga uchib ketdi.

Eslatib o'tamiz, Ture o'tgan yilning dekabr oyida "Olimpiakos" bilan shartnomani bekor qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТаТоТаке