Yaponiya termasining sobiq ustozi LaLigada ish boshladi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2019, 19:41
Xaver Agirre "Leganes"da ish boshladi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 60 yoshli mutaxassis klub bilan ushbu mavsum yakuniga qadar shartnomaga imzo chekkan. Oldinroq klub Maurisio Pellegrinoni iste'foga chiqargandi.

Agirre bunga qadar "Atletiko", "Saragosa", "Espanol", shuningdek, Meksika, Yaponiya va Misr termalarida ham ishlagan.

12 turdan keyin "Leganes" Ispaniya chempionati turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS