Yannik-Ferreyra Karrasko: "Atletiko" finaldagi ikki mag'lubiyatdan so'ng CHLni qo'lga kiritishga haqli"

Alisher
11 avg 2020, 10:21
"Atletiko" yarim himoyachisi Yannik-Ferreyra Karrasko jamoaning joriy mavsum CHLdagi imkoniyatlarini baholadi.

- "Atletiko" og'ir ikki finaldagi mag'lubiyatdan so'ng Chempionlar Ligasida g'olib chiqishga loyiq. Birinchi finalda jamoa oxiriga qadar g'alaba qozonib, o'yin so'nggida gol o'tkazib yuborgandi, ikkinchisida esa penaltilar seriyasi. O'ylaymanki, "Atletiko" bu sovringa loyiq.

- Ish penaltigacha borganda omad "Atletiko"ga kulib boqmayapti. Agar bu yilgi chempionlik taqdiri yana penaltilar seriyasi orqali hal bo'lsa, tepishga jurat qilasizmi?

- Bilmadim, ko'ramiz. Menda penalti bo'lish-bo'lmasligini, yutish yoki yutqazishimizni ko'rsa bo'ladigan sehri shar yo'q. Avvalo finalga qadar bizni kutayotgan o'yinlarga e'tiborni qaratish lozim", - deydi Karrasko.

→ "Real"ning YCHLdagi g'olibligi. Klattenburg tan oldi, Ramos finalda "Atletiko" darvozasini ofsayddan ishg'ol qilgan 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: marca.com