Yana bir futbol yulduzi Saudiyaga ko'chib o'tishga yaqin

Alisher
7 iyun 2023, 09:42
Fransiyaning Marsel klubi yetakchisi Aleksis Sanches yangi mavsumni Saudiya Arabistoni chempionatida boshlashi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, Al-Fatx klubi chililik 34 yoshli hujumchiga yillik 10 million evro maoshli 2 yillik shartnoma taklif qilgan. Saudiyaliklar rasmiy taklifga javobni kutmoqda. Chililik futbolchi taklifni qabul qilmoqchi.

Sanches 2022 yil yozida Interdan erkin agent sifatida Fransiya klubiga o'tgandi. Uning Marseldagi maoshi 2,5 mln evroni tashkil etadi. Aleksis qishda Galatasaroyning yillik 4 mln evro maoshli taklifini rad etgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com