Yan Fertongen: “Lomberts himoyada mening yonimda o'ynashga loyiq”

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013, 14:49
“Tottenxem” klubi himoyachisi Yan Fertongen, Vensan Kompani jarohat olganidan so'ng, uning o'rniga markaziy himoyada Nikolas Lomberts tushishini maqulladi.

Kompani jarohat olgan va yaqin bir oy muddatda maydonga tushmaydi. Fertongenning fikricha aynan Lomberts Kompanining o'rnida o'ynay olishi mumkin ekan. Biroq hali jamoasining Shotlandiya bilan bo'ladigan o'yinida markaziy himoyada kim harakatlanishi noma'lum bo'lib turibdi.

- Men Kompanining majburiyatlarini o'z zimamga ola oladigan yagona nomzodman. Biroq mening yonimda markaziy himoyada o'ynay oladigan yana 3 ta o'yinchi bor, bular - Daniel van Byuyten, Tobi Alderveyreld va Nikolas Lombertslardir. Ko'ramiz qani Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi qanday qarorga kelarkin, - futbolchining so'zlarini keltiradi Voetbal Krant.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru