Yamal Ispaniyaning JCH-2026 debyut uchrashuvida Kabo-Verde bilan durang o'ynaganiga munosabat bildirdi

16 iyun 2026, 10:35
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Furiya Roxa"ning 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Kabo-Verdega qarshi o'yindagi (0:0) durang natijasiga izoh berdi.

18 yoshli vinger uchrashuvning 71-daqiqasida maydonga tushgan edi.

"Jahon chempionatidagi ilk o'yin va biz bir ochkoni qo'lga kiritdik. Bu uzoq davom etadigan musobaqa ekanligini va maqsadimiz hali oldinda ekanini bilamiz. Mehnat qilishda davom etamiz. Hammasi biz xohlagandek bo'ladi, bunga shubha qilmang.

Jarohatdan so'ng menga yana maydonga tushish imkoniyatini bergani uchun Yaratganga, shuningdek, har bir qadamimda doim yonimda bo'lib, meni qo'llab-quvvatlagan oilamga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deb yozdi Yamal.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru