Xyoness: "Real"ga qarshi bahsda kim maydonga tushishining farqi yo'q"
Aslanov Jasurbek
18 apr 2017, 13:54
"Bavariya" prezidenti Uli Xyonessning so'zlariga ko'ra, u "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvidan oldin myunxenlik futbolchilarning yaxshi tayyorlanganiga ishonadi.
"Real"ga qarshi bahsda kim maydonga tushishining farqi yo'q. "Bavariya"ning har bir futbolchisi bor kuchini ishga soladi. Bu ismlarga bog'liq emas" - deydi Xyoness.
Karlo Anchelotti shogirdlari ilk bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.