Xosep Gvardiola: "Faoliyatimdagi eng baxtli kunlardan biri"

Narzulla Saydullayev
20 mar 2017, 09:25
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Liverpul" bilan o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Buni tasavvur qilish qiyin, ammo bugun faoliyatimdagi eng baxtli kunlardan biri. Jamoam bilan faxrlanaman. YCHLni tark etganimiz uchun barcha xafa edi, mashg'ulotlarda barcha jimgina shug'ullandi. Biz evrokuboklarda o'ynamayotgan "Liverpul"ga qarshi maydonga tushdik va xarakter ko'rsatdik. Raqibdan ko'ra ko'proq vaziyat yaratdik. Shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz", - deydi Gvardiola Sky Sports nashriga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com