Xosep Gvardiola: "YCHLdagi o'yindan so'ng o'ynash qiyin bo'ldi"
Aziz Tukhtamuradov
21 sen 2014, 11:57
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Gamburg"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin biz uchun qiyin bo'ldi. Bir necha kun oldin Chempionlar Ligasida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushgandik. Ikkinchi bo'limda faolroq harakat qildik. Lekin, imkoniyatlardan foydalana olmadik", - deydi Gvardiola.