Rasman: Xorijlik hujumchi “Neftchi”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2022, 10:40
Yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan va tarkibni kuchaytirish borasida faollik bilan ish olib borayotgan "Neftchi" jamoasi serbiyalik yosh va istedodli hujumchi Marko Sharich bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Marko Sharich 1998 yil 28 noyabr sanasida Serbiyaning Belgrad shahrida tug'ilgan bo'lib, faoliyati davomida "Chukarichki", "Radnichki","Rad" kabi klublarida to'p tepgan.

"Neftchi"ga kelishidan oldin oxirgi o'ynagan jamoasi "Metalac" klubi  hisoblanadi. Serbiya chempionatida 59 ta uchrashuvda maydonda harakatlangan 23 yoshli  futbolchi 11 ta golga mualliflik qilgan.

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ПФК "Нефтчи" матбуот хизмати