“Xorazm” jamoasi - Xorazm viloyati hokimi Kubogi-2015 g'olibi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2015, 17:20
Urganch olimpiya zaxiralari kolleji o'yingohida uyushtirilgan Xorazm viloyati hokimi Kubogi -2015 o'yinlari nihoyasiga etdi.
Olti kun davomida etti jamoa davraviy tizimda o'zaro bellashishdi.
  
Barcha uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan vohaning bosh jamoasi – “Xorazm” ilk marta o'tkazilgan mazkur musobaqa g'olibiga aylandi. Vali Sultonov shogirdlari “Xorazm-2” (6:2), “Urganch OZK-1” (1:0), “Urganch OZK-2” (2:0), “Umid nihollari-2015” (3:2), “Xonqa” (3:1) va  “UrDU” (3:0)  jamoalarini mag'lubiyatga uchratib, 18 ochko bilan musobaqa jadvalida birinchi o'rinni egallashdi. Uchta jamoa 10 tadan ochko jamg'ardi. To'plar nisbatiga ko'ra “Urganch OZK-1” jamoasi ikkinchi, “UrDU”  jamoasi uchinchi, “Xorazm-2” jamoasi esa to'rtinchi qatordan joy oldi.


Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia