Xolandning kumiri kim?

14 dek 2020, 19:14
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland futbol olamidagi kumirlarini aytdi.

"Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovich – 2 fenomen. Men ularni televizor orqali 1-marta ko'rganimda hayratga tushgandim. Bu ikkalasi ko'plab yosh futbolchilarning kumiri hisoblanadi. Ularga taqlid qilishadi.

Maradona? Diego - tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri edi, balki, eng zo'ri. Uning o'limi butun futbol olamini qayg'uga soldi. Maradona – chempion. Menda uning ajoyib o'yinlari va aql bovar qilmaydigan harakatlari tasvirlangan videolavhalar bor", - norvegiyalik futbolchining so'zlarini keltirdi Tuttosport.

20 yoshli Xoland ushbu mavsum barcha turnirlarda "Borussiya" uchun 14 o'yin o'tkazdi va o'z hisobiga 17 gol, 3 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Erling Xoland uchun yil yakunlandi 

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport