Xoland: "Men kam gol uryapman"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2021, 20:23
"Borussiya" hamda Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland kam gol urayotganidan shikoyat qildi.

Seshanba kuni Norvegiya terma jamoasi o'z maydonida Gibraltarni mag'lub etdi (5:1). Erling uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi. Forvard terma jamoaning 15 o'yinida 12 marotaba to'p kiritgan. Shunday bo'lsa-da, hujumchi o'zidan norozi.

"Men kam gol uryapman. Natijam har o'yinda deyarli bitta golga to'g'ri kelyapti. O'ylaymanki, o'yinlardan ko'ra gollarim ko'proq bo'lishi kerak", - dedi Xoland.

Erling Xoland so'nggi 20 oy ichida barcha musobaqalarda 64 ta o'yin o'tkazib, 63 ta gol urdi hamda 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TV2