Xoland “Man Siti”da Agueroning, APLda esa Patoning natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
8 avg 2022, 09:35
Angliya chempionati 2022/23 yilgi mavsum dastlabki turida “Manchester Siti” Erling Xolandning gollari evaziga “Vest Xem”dan 2:0 hisobida ustun keldi.

Xoland “shaharliklar” safida musobaqadagi dubyutidayoq dublga erishgan Serxio Aguerodan keyingi ilk futbolchiga aylandi. Argentinalik bu ishni 2011 yil uddalagan.

Shuningdek, norvegiyalik APLdagi dastlabki o'yinida penalti ishlab, undan samarali foydalangan Patodan keyingi ilk o'yinchi ham bo'ldi. Pato 2016 yil “Chelsi” tarkibida “Aston Villa”ga qarshi bahsda bunga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta