Xoland "Liverpul"ga qarshi o'ynay oladi, u terma jamoa safida jarohat olgandi

Aziz Tukhtamuradov
24 noya 2023, 07:54
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland jamoasi mashg'ulotlariga qaytdi.

U APLning 13-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi kechadigan o'yinda ishtirok etishga tayyor.

Xoland 16 noyabr kuni Norvegiya terma jamoasi safida Farer Orollariga qarshi bahsda jarohat olgandi. Shu sababli, u Evro-2024 saralashi doirasida Shotlandiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan va terma jamoa mashg'ulot lagerini tark etgandi.

Kecha u klubi bilan umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN