Xoland "Barselona"ga o'tmaydi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2022, 20:55
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi "Borussiya"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandni xarid qilmasligini aytdi.

"Barselona" Xolandni sotib olmaydi. Uning transferi biz uchun qimmatlik qiladi", – dedi Laporta.

Oldinroq forvard uchun "Real", "Manchester Siti" va PSJ kurashayotgani aytilgandi. 

21 yoshli Xoland joriy mavsumda "Borussiya" uchun 27 o'yinda qatnashib, 25 ta to'p kiritdi va 8 ta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan bitimi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca