Xoland APLda navbatdagi rekordni yangiladi

Eldor Akmurzayev
29 dek 2022, 08:55
Angliya chempionati 17-turida “Manchester Siti” Erling Xolandning dubli evaziga safarda “Lids”dan ustun keldi – 3:1.

Xoland APL mavsum doirasida dastlabki 14 o'yinda 20 ta gol urib, musobaqa rekordini o'rnatdi. Avvalgi eng yaxshi natija 1999/00 yilgi mavsum “Sanderlend” a'zosi Kevin Fillips tomonidan qayd etilgandi. U 20 ta gol urishi uchun 21 ta o'yin sarflagan.

Ma'lumot o'rnida, Erlin 3 golga hammuallif ham bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports