Xoland APLda 3 ta rekordni yangiladi

Eldor Akmurzayev
3 okt 2022, 09:45
Angliya chempionati 9-turda “Manchester Siti” derbida “Manchester Yunayted”ni 6:3 hisobida taslim etdi.

“Shaharliklar” forvardi Erling Xoland chempionat doirasida uyda o'tkazilgan qatorasiga uchinchi bahsda xet-trikka erishib, APLda bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Avvalroq, u “Nottingem Forest” (6:0) hamda “Kristal Pelas” (4:2) bilan “Etihad”da o'tgan uchrashuvlarda uchtadan gol urgandi.

Shuningdek, 22 yoshli forvard musobaqada uchta xet-trikni eng tez qayd etgan o'yinchi sifatida ham rekord qo'ydi. U buning uchun 8 ta o'yin sarfladi hamda Maykl Ouenning (48 ta bahs) natijasini ancha yaxshilashga erishdi.

Bundan tashqari, norvegiyalik Angliya yuqori divizioni dastlabki 8 turidan keyin 14 ta gol urgan birinchi futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia