

Xislat Chilmatov qo'qonlik futbol muxlislari uchun begona emas. 38 yoshli sobiq darvozabon futbolchilik faoliyatining katta qismini “Neftchi”da o'tkazgan.
Keyinchalik futbol bilan ham shu jamoada xayrlashib, ma'lum vaqt “Neftchi” murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. O'tgan yili esa Chilmatov Namanganning “Navbahor” jamoasida darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishladi.
Xislat Chilmatov endilikda “Qo'qon-1912” jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.



