
“Jamoamiz kuchli, shuning uchun tarkibdagi bir nechta asosiy o'yinchilarsiz ham yuqori darajada o'yin o'tkaza olamiz. Shu sababli qishki transferlar oynasi mobaynida yangi o'yinchilarga ehtiyoj sezmayapmiz. Men Lionel Messi va Viktor Valdes jarohat olganida ham o'z qarorimni o'zgartirmaganman. Biror o'yinchimiz jarohat olganida uning o'rnini bosa oladigan o'yinchilar etarli”, - murabbiyning so'zlarini keltiradi Marca.