Xeytinga "Gerta" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2014, 22:14
Gollandiyalik himoyachi Jon Xeytinga "Gerta" bilan shartnoma imzoladi.
30 yoshli futbolchi sobiq jamoasi "Fulhem"ni APLdan tushib ketganidan so'ng erkin agent sifatida tark etdi. Berlinliklar rasmiy saytining xabar qilishicha, Xeytinganing klub bilan kelishuvi 2016 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.