Xedira "Yuventus"dan "Gerta"ga o'tdi

Alisher
2 fev 2021
"Gerta" xavbek Sami Xediraning transferini e'lon qildi.

Yarim himoyachi 28-raqam ostida harakat qiladi.

Xedira 2009/10 yilgi mavsumdan so'ng ilk bor Bundesligaga qaytmoqda, u bunga qadar "Shtutgart"da o'ynagan edi.

Shundan so'ng germaniyalik futbolchi 5 yilni "Real"da, 5,5 yilni esa "Yuventus"da o'tkazdi.

Xabarlarga ko'ra, 33 yoshli Xediraning "Gerta" bilan tuzgan shartnomasi 2,5 yil muddatga mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: herthabsc.de