Xazenzyuttl - APLning iyul oyidagi eng yaxshi murabbiyi

Alisher
5 avg 2020, 16:50
APLning iyul oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.

Ovoz berishda "Sautgempton" bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl g'olib deb topildi. Uning jamoasi iyul oyida 6ta o'yin o'tkazdi (3 g'alaba va 3 durang).

52 yoshli mutaxassis ushbu mukofotni qo'lga kiritgan ilk avstriyalik bo'ldi.

Bu mukofotga shuningdek Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted"), Joze Mourinyu ("Tottenxem") va Devid Moyes ("Vest Xem") ham da'vogarlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/premierleague