Xayrulla Hamidov o'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxsni aytdi

18 may 2022, 03:26
Taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov saytimiz mehmoni bo'ldi.

Tajribali sharhlovchi suhbat davomida futbolimizdagi eng omadsiz shaxs haqida gapirdi: "Vadim Abramovni ko'rsatgan bo'lardim. Chunki eng yuqori nuqtada terma jamoadan ketdi. Butun faoliyati o'zgarib ketishi mumkin bo'lgan payt 1 bo'limda 3 ta to'p o'tkazib yubordi (BAA olimpiya termasiga qarshi 2012 yil "Jar" stadionidagi o'yin - tahr.). Uning tavakkalchiligi bazi hollarda yomon natijalar bergan. O'zaro suhbatlarimizda omadsizligini o'zi ham ko'p bora aytgan".

Xayrulla Hamidov bilan to'liq intervyu bugun YouTube'dagi sahifamizda e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia