Xavining fikricha, Koutino "Barselona"ga foyda keltirgan bo'lardi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2017, 17:49
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandesning fikricha, "Liverpul" futbolchisi Filippe Koutino Kataloniya jamoasiga foyda keltirgan bo'lardi.

"Koutino o'z sifatlari bilan "Barselona"da muvaffaqiyatlarga erisha oladi. U klub va terma jamoa darajasida maksimal kuchli o'yin ko'rsatishi kerakligini biladi. Koutinoda ajoyib dribling va tezkorlik bor. Bundan tashqari, u raqib jarima maydonchasida juda foydali" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport