

"O'ylashimcha, Angliya terma jamoasida imkoniyat bor. Ispaniya birinchi sovrinini qo'lga kiritishidan oldin, biz chorak finalga hech qachon chiqmaganligimiz tufayli bosimni his qilganmiz. Tarkibimiz kuchli edi, bosim ham shunga yarasha bo'ldi va bu bizga ta’sir qildi. Angliya terma jamoasining oltin davrida, yani tarkibda Lempard, Skoulz, Bekxem va Jerrard bor paytida xuddi shunday bosim bo'lgan.
Endi Angliyada yangi avlod paydo bo'ldi - Keyn, Sterling, Dele Alli va "Lester"da fantastik ishlarni bajarayotgan yigitlar. Ularda kuchli futbolchilar ko'p, ammo ulardan chempionlikni kutishadi deb o'ylamayman. Bu jamoaga yordam berishi mumkin. Agar Ueyn Runi safda bo'lsa, inglizlarda imkoniyat bo'lishiga ishonaman" - deydi Xavi.


