Xavi MYUni boshqarishga rozi

Khoja
30 sen 2025
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi "Manchester Yunayted"ni boshqarishga rozi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Xavi Manchester klubiga o'tishga qarshi emas. U jamoa Evrokuboklarda o'ynamasligidan xavotirda emasligini ma'lum qilgan. 

Xavining oxirgi ish joyi "Barselona" edi. Ispaniyalik murabbiy "Barselona"ni 2021 yilning noyabridan 2024 yilning iyunigacha boshqargan. Uning qo'l ostida kataloniyaliklar 2022/2023 yilgi mavsumda Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. Xavi Kataloniya klubiga kelishidan oldin Qatarning “Al Sadd” klubini boshqargan.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano