Xavi: "Messi maydonga tushmasa ham "Valyadolid"ni mag'lub etishimiz shart"

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 12:06
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi "Valyadolid"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotish kerak emasligini aytib o'tdi.
- "Barselona" "Valyadolid"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotishga haqqi yo'q, biz bu o'yinda g'olib chiqishimiz shart. Leo Messi safdan chiqqan, biz asosiy yulduzimiz maydonga tushmagan o'yinda ham g'alaba qozona olishimizni isbotlashimiz kerak. Bu yil chempionlik uchun kurash qizimoqda, bu bizga ham yoqmoqda. Aynan shu bois ochko yo'qotish to'g'ri bo'lmaydi. Muhim bo'lmagan o'yinlar bo'lmaydi. Har bir yo'qotilgan ochko mavsum so'nggida pand berishi mumkin, - deydi Xavi Sport.es nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net