Xavi Martines: "Maydonga qaytishga shoshilayotganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2015, 10:42
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martinesning takidlashicha, jarohatidan so'ng maydonga qaytishga shoshayotgani yo'q.

"Operaciyadan so'ng, voqealar rivojini tezlashtirishni istamasligimni aytganman. Tizzam yuz foiz tayyor bo'lishini kutyapman. Bazi harakatlarda noqulaylik sezyapman, ammo bu vaqt o'tishi bilan yo'q bo'lib ketadi" - deydi Martines.

Eslatib o'tamiz, Martines Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Germaniya Superkubogida jiddiy jarohat olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com