Xavi: "Maradonaning gaplariga qo'shilmayman"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2018, 15:14
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messining yetakchilik qobiliyatlariga shubha qilgan Diego Maradonaga javob berdi.

"Maradonaning gaplariga qo'shilmayman, Messi - hayratlanarli yetakchi. U kiyinish xonasida o'zini xotirjam tutishi mumkindir, biroq maydonda haqiqiy sardor, u doimo to'pni so'raydi, o'zini taklif qiladi, hech qachon chaqiruvlardan yashirinmaydi.

Sobiq futbolchilar hozir o'ynayotganlarni tanqid qilishi menga yoqmaydi. Men faqat Maradona haqida gapirmayapman. Ko'plab sobiq o'yinchilar, hozirda OAV va televidenciyada o'z hamkasblarini tanqid qilayotganlarni ham aytyapman" -deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS