

"O'yinni tahlil qilib, biz yaxshi o'ynay olmaganligimizni aytishim mumkin. Biz qiyin bo'lishini bilardik. Ikkinchi gol orqali bizni jazolashdi. Oxirigacha kurashdik, ammo "Rayo" haqli ravishda g'alaba qozondi. Mag'lubiyatdan hafamiz, ammo chempionatdagi o'yinlar yana bittaga kamaydi.
Bizga o'yinni tushunib olish jihati yetishmadi. Maydon markazida ustunlikka erishishimiz lozim edi. To'p yo'qotdik va odatdagidek o'ynay olmadik.
Futbolchilarga aytar gapim, oldinda hali ko'p narsa bor, La Liga yutilgani yo'q. G'alabaning qiymati yuqori, safardagi har bir o'yin - bu jang", - dedi Xavi.



