Xavercning o'tishi uchun "Chelsi" YCHLga chiqishi shart

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020, 13:29
Yarim himoyachi Kay Xaverc yozda "Bayer"dan ketishni istaydi.

Bunga sabab sifatida uning jamoasi YCHLga chiqa olmasligi ko'rsatilmoqda. "Bayer" Bundesligada 5-o'rinni egallab, Yevropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ammo Xaverc kelasi mavsumda YCHLda o'ynashni istamoqda.

Shu boisdan "Chelsi" uni tarkibiga qo'shib olishi uchun YCHL yo'llanmasini hal qilishi kerak bo'ladi. Kecha "Chelsi" "Sheffild"da yirik hisobda mag'lub bo'lib, 3-o'rindan 5-o'ringa tushib ketish xavfi ostida qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal