Xart: "Ture "Manchester Siti" uchun juda muhim, u jamoa uchun sovrin yutib berishga qodir"

Aslanov Jasurbek
2 dek 2016, 11:46
"Manchester Siti" darvozaboni, hozirda "Torino" sharafini himoya qilayotgan Jo Xart yarim himoyachi Yaya Turening "Siti" safiga qaytganidan xursand.

"Bu Ture uchun juda yaxshi. U turli tanqidlarga qaramasdan asosiy tarkibga qaytdi va "Manchester Siti"ning muhim futbolchisi hisoblanadi. Yaya o'zgacha futbolchi. U bilan ko'p yil o'ynashga muvaffaq bo'lganman. U bir o'zi jamoa uchun uchrashuvlarni va xatto sovrinlarni yutib berishi mumkin. U uchun maydon tashqarisida nimalar sodir bo'layotgani muhim emas" - deydi Xart.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo