Xart: "Manchester Siti"da iloji boricha ko'proq qolmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2014, 13:48
"Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turgan, Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Xartning takidlashicha, u amaldagi mamlakat chempionlari safida iloji boricha ko'roq qolmoqchi.

27 yoshli darvozabonning "Siti" bilan shartnomasi 2015 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. "Shaharliklar" Xart bilan yangi bitim imzolashga yaqin turibdi.

"Qanday qilib bu yerda baxtsizman deyishim mumkin? Men bu klubni sevaman. "Siti" meni jamoam ekanligini his qilib turibman va bu yerda iloji boricha ko'proq qolmoqchiman.

Shartnoma shartlari o'zgarishi kerakligini bilaman. Ammo bu savollarni agent hal qiladi. Bu klubda baxtliman va tez orada jamoa bilan yangi bitim imzolayman deb umid qilaman" - deydi Xart.

Xart 2006 yilda "Shrusberidan" "Manchester Siti"ga 600 ming funt evaziga ko'chib o'tgan. Hozirgi kunda uning transfer bahosi 14 mln funt.

Darvozabon "Manchester Siti"da ikki bor milliy chempionatni (2011/12, 2013/14) va bir martadan Angliya Kubogi (2011), Angliya Superkubogi (2012) va Angliya liga Kubogini (2014) qo'lga kiritgan. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com