Xames Qatar klubiga o'tishga yaqin turibdi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021
Kolumbiya terma jamoasi va "Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges Qatar ligasiga o'tishga yaqin turibdi.

30 yoshli yarim himoyachi Dubayda tibbiy ko'rikdan o'tdi va hozircha noma'lum bo'lgan klub bilan muzokaralarni shaxsan yakunlash uchun Qatarga jo'nab ketdi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, bu Fransiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Loran Blan boshqaradigan "Al Rayyan" bo'lishi mumkin . 

"Everton" allaqachon Xamesning kyetishiga rozi bo'lgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: